Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-10-05
Ushbu siyosat Domlam.uz qanday shaxsiy ma'lumotlarni yig'ishi, nima uchun va qanday himoya qilishini tushuntiradi. Ma'lumotlar operatori: Dalir Alimukhamedov.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Hisob: ism, email (Google orqali kirganda — Google bergan ism va email).
- Ixtiyoriy: telefon raqami (Telegram orqali tasdiqlanadi), Telegram chat identifikatori, profil ma'lumotlari.
- Repetitorlar uchun: profil, jadval, diplom va sertifikat fayllari (faylni faqat moderator ko'radi).
- Faoliyat: bronlar, darslar kundaligi, xabarlar, sharhlar, test javoblari va natijalari, shikoyatlar.
- Texnik: sahifalarga tashriflar statistikasi (anonim). Reklama samaradorligini o'lchash uchun Google Ads cookie'lari ishlatiladi.
2. Nima uchun
- Xizmatni ko'rsatish: bron, xabarlar, Telegram bildirishnomalari, test natijalari va o'sish grafigi.
- Xavfsizlik va ishonch: hujjatlarni tekshirish, firibgarlikni oldini olish, shikoyatlarni ko'rib chiqish.
- AI tanlash: siz yozgan so'rov matni mos repetitorni topish uchun Anthropic (Claude) xizmatiga yuboriladi; ism yoki aloqa ma'lumotlari yuborilmaydi.
3. Kim ko'radi
- Telefon raqamlari faqat dars tasdiqlangandan keyin ikki tomonga ochiladi.
- Ochiq: repetitor profili, tasdiqlangan natijalar (ismsiz), sharhlar (ism bilan), reytingda ism va familiyaning bosh harfi, siz o'zingiz ulashgan natija kartasi.
- Ma'lumotlar sotilmaydi. Xizmat ko'rsatuvchilar: Supabase (ma'lumotlar bazasi, Yevropa Ittifoqi serverlari), Vercel (hosting), Telegram, Google (kirish va reklama o'lchovi), Anthropic (AI).
4. Saqlash va himoya
- Ma'lumotlar shifrlangan ulanish orqali uzatiladi; kirish huquqlari bazada qatorma-qator cheklangan.
- Hisobingiz o'chirilganda shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi; anonimlashtirilgan statistika saqlanishi mumkin.
5. Sizning huquqlaringiz
- Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish, o'chirishni so'rash, Telegram bildirishnomalari va kunlik savoldan voz kechish (/stop).
- Murojaat: Telegram @domlambot.
6. Bolalar
- 16 yoshgacha bo'lgan bolalarning ma'lumotlari ota-ona roziligi bilan qayta ishlanadi. Ota-ona istalgan vaqtda ularni o'chirishni so'rashi mumkin.