Domlam.uz

🛟 Yordam

Ko'p beriladigan savollarga javoblar. Topa olmasangiz — bizga yozing, odatda bir necha soat ichida javob beramiz.

🔑 Kirish va hisob

Emailga kirish havolasi kelmadi

«Spam» yoki «Promotions» papkasini tekshiring. Havola bir necha daqiqada keladi; qayta so'rashdan oldin 1–2 daqiqa kuting. Tezroq kirish uchun «Google orqali kirish» tugmasidan foydalaning.

Rolimni (abituriyent / ota-ona / repetitor) qanday o'zgartiraman?

Kabinet → «Rolim» → «O'zgartirish». Bosh sahifa va menyu darhol yangi rolga moslashadi.

Telegram'ni qanday ulayman?

Kabinet → «Telegram orqali ulash» → botda Start. Keyin «Raqamni tasdiqlash» tugmasini bosing — telefoningiz tasdiqlanadi.

📅 Bron va darslar

Ustoz so'rovimga javob bermayapti

Ustozlar odatda bir kun ichida javob beradi. Javob bo'lmasa, so'rovni bekor qilib, boshqa ustozga yozing yoki ustozga xabar yuboring.

Darsni qanday bekor qilaman?

Darslarim → darsni oching → «Darsni bekor qilish». Darsdan 12 soatdan kam vaqt qolganda bekor qilish profilda qayd etiladi.

Dars bo'lmadi, lekin ustoz «o'tdi» deb belgiladi

Dars sahifasida «Bo'lmadi» tugmasini bosing — moderator ikkala tomon bilan bog'lanib hal qiladi.

Telefon raqami qachon ochiladi?

Ustoz darsni tasdiqlagandan keyin ikki tomonga ham ochiladi.

👩‍🏫 Repetitorlar uchun

Nega menga so'rov kelmayapti?

Profil to'liq bo'lsin: batafsil «O'zim haqimda», haftalik jadval, diplom yoki sertifikat va mos narx. Jadval bo'sh bo'lsa, o'quvchi bron qila olmaydi.

«✓ Tekshirilgan» belgisini qanday olaman?

Ustoz kabineti → «Diplom va sertifikatlar» → hujjatni yuklang. Moderator odatda 1–2 ish kunida tekshiradi.

Komissiya olinadimi?

Hozircha yo'q — o'quvchi bilan to'g'ridan-to'g'ri hisob-kitob qilasiz. Kelajakda xavfsiz onlayn to'lov (pul dars tasdiqlangach sizga o'tadi) yoqilganda, platforma orqali to'langan darslardan 10% xizmat haqi olinadi. Bu oldindan e'lon qilinadi.

🎓 DTM testlari

Test vaqtida sahifa yopilib qoldi

Javoblaringiz brauzerda saqlanadi. DTM sahifasidagi «So'nggi testlarim» ro'yxatidan testni oching va davom eting.

Savolda xato topdim

Savol raqami va matnini yordam xizmatiga yozing — tekshirib tuzatamiz. Rahmat!

Respublika sinovi qachon?

Har yakshanba 10:00–22:00. Har kim bir marta qatnashadi, natija reytingga tushadi.

💳 To'lov va Premium

To'ladim, lekin Premium yoqilmadi

Odatda bir necha soniyada yoqiladi. 15 daqiqadan ko'p o'tgan bo'lsa, to'lov chekini (Click yoki Payme) va buyurtma raqamini yordam xizmatiga yuboring.

Pul avtomatik yechib olinadimi?

Yo'q. Muddat tugagach, xohlasangiz qayta to'laysiz.

🔒 Maxfiylik

Ma'lumotlarimni o'chirmoqchiman

Yordam xizmatiga «Maxfiylik» mavzusida yozing — hisobingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi.

Ustoz yoki o'quvchi haqida shikoyat

Ustoz profilidagi «Shikoyat» tugmasidan foydalaning. Bolaga nisbatan noo'rin xatti-harakat haqidagi shikoyat profilni darhol yashiradi.