Yangilik: har bir ustoz endi bilim sinovidan o'tadi + Ustozlar olimpiadasi
4 daqiqada o'qiladi
Repetitor tanlashda ota-onalar va o'quvchilar eng ko'p beradigan savol: Β«Bu ustoz o'z fanini haqiqatan yaxshi biladimi?Β» Diplom va tajriba muhim, lekin ular bugungi bilimni to'liq ko'rsatmaydi. Shuning uchun Domlam.uz'da oktyabr oyidan boshlab ikkita yangi qoida ishlaydi: har bir ustoz bilim sinovidan o'tadi va har oy Ustozlar olimpiadasi o'tkaziladi.
1. Fan sinovi β har bir ustoz uchun majburiy
Endi Domlam.uz qidiruvida faqat o'z fani bo'yicha bilim sinovidan o'tgan ustozlar ko'rinadi.
- Sinov 30 ta savoldan iborat, asosan qiyin va o'rta darajadagi DTM uslubidagi savollar.
- Vaqt β 40 daqiqa, savollar har safar boshqacha tanlanadi.
- O'tish chegarasi β 70% va undan yuqori. Kim o'tolmasa, uning profili qidiruvdan yashiriladi va u 30 kundan keyin qayta topshira oladi.
- To'g'ri javoblar hech qachon ko'rsatilmaydi β shuning uchun sinovni Β«yodlabΒ» o'tib bo'lmaydi.
Hozirgi ustozlarga 22-oktyabrgacha muhlat berilgan. Yangi ro'yxatdan o'tgan ustozlarga β 7 kun.
2. Ustozlar olimpiadasi β har oy
Har oyning oxirgi yakshanbasi soat 20:00 da ustozlar o'z fani bo'yicha bellashadi. Birinchi olimpiada β 25-oktyabr.
- Bir fandagi barcha ustozlarga bir xil 20 ta qiyin savol, 20 daqiqa.
- Hamma bir vaqtda boshlaydi β javobni qidirishga vaqt qolmaydi.
- Ko'p to'g'ri javob bergan yutadi, teng bo'lsa β tezroq ishlagan.
- Har fan g'olibi 100 000 so'm mukofot oladi, top-3 esa profilida medal oladi.
Natijalar olimpiada sahifasida va kanalimizda e'lon qilinadi.
Bu o'quvchi va ota-onalarga nima beradi?
- Ishonch. Qidiruvda ko'rgan har bir ustoz o'z fanini bilishini sinovda isbotlagan.
- Taqqoslash oson. Profilda Β«π§ Matematika: 93%Β» kabi belgi turadi β ustozlarni bir xil o'lchov bilan solishtirasiz.
- Eng kuchlilarni topish. Olimpiada medali (π₯π₯π₯) bor ustozlar β o'z fani bo'yicha shaharning eng kuchlilaridan. Ular bir hafta qidiruvda yuqorida turadi.
- Bepul. Bu tekshiruvlar uchun sizdan hech narsa olinmaydi, birinchi sinov darsi esa avvalgidek bepul.
Ustoz tanlashda nimaga qarash kerak
- π§ Fan sinovi belgisi β foiz qancha yuqori bo'lsa, bilim shuncha mustahkam.
- β Β«Hujjatlar tekshirilganΒ» β diplom yoki IELTS/CEFR sertifikatini biz o'zimiz tekshirganmiz.
- π₯ Olimpiada medali β raqobatda o'zini ko'rsatgan ustoz.
- β Sharhlar β faqat haqiqatan dars olgan o'quvchilar yozadi.
Bilim β hammasi emas: yaxshi ustoz tushuntira olishi, sabrli va muntazam bo'lishi ham kerak. Shuning uchun birinchi bepul sinov darsidan foydalaning β ustoz sizga mos kelishini o'zingiz ko'rasiz.
Ustoz tanlash Β· Barcha ustozlar Β· Ustozlar olimpiadasi
Ustozlar uchun
Agar siz Domlam.uz'dagi ustoz bo'lsangiz, Fan sinovini shu yerda topshiring. Sinovdan o'tganlar olimpiadada qatnasha oladi.